SAMARQAND SHAHAR 5-SON TEXNIKUMI
> Bugun:  
Bosh sahifa
Texnikum haqida
Yangiliklar
Rahbariyat
Mutaxassisliklar
Abiturient sahifasi
Internet resurslar
Kontakt

Veterinariya meditsinasi bo'limi

     Veterinariya meditsinasi mutaxassisligi Samarqand shahar 5-son texnikumida o`quv maskanini tashkil etilgan 1927 yildan boshlab nafakat Respublikamiz, balkim qo`shni hamdo`stlik davlatlarining xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan ko`plab urta malakali Zooveterinariya mutaxassislari tayorlab bergan. Mazkur bo`limda ta’lim olib, katta xayotga yo`llanma olganlar orasida yirik davlat arboblari, olmmlar, raxbar xodimlari ko`plab uchraydi. Ulardan uzok yillar davomida Uzbekiston Respublikasi Oliy kengashi Prezididumining raisi bo`lib ishlagan veterinariya fanlari doktori, professor N.M.Matchanov, ko`p yillari davomida Samarqand qishlok xo`jalik institutining rektori lavozimida ishlagan veterinariya fanlari doktori, professor R.X.Xayitov, veterinariya fanlari doktori, VASXNIL a’zosi, akademik A,Mustaqimov, uzoq yillar turli tashkilotlarda raxbarlik lavozimida faoliyat ko`rsatgan veterinariya fanlari nomzodi M.Fayrushik va boshqalar kollejning faxri xisoblanadi.
     Bugungi kunda “Veterinariya” bo`limi tarkibida yana “Sutni qayta ishlash” yo`nalishlari bo`yicha 240 nafar talaba kasb sirlarini o`rganib kelmoqda. Vet.felsher kasb egallashlari bilan bir qatorda “Xayvonlarga veterinariya ishlarini berish bo`yicha operator”, “Dezenfektor” va Bioximlobarant kabi qo`shimcha iqtisosliklarini oladilar.
     “Chorvachilik bo`yicha fermer xo`jaliklarini tashkil etish va kiritish” bo`yicha fermer xo`jaliklar tashkil etish va yuritish talabalar kasbiga qo`shimcha “B,C” toifali xaydovchilik va keng profelda troktorlik guvoxnomasi beriladi.
     Veterinariya bo`limidagi maxsus fan xonalari zamonaviy o'quv jihozlari bilan jihozlangan. Bular “Qishloq xo'jalik hayvonlari normal anatomiyasi va fizologiyasi”, “Veterinariya parazitolagiyasi”, “Veterinariya asoslari”, “Patologik anatomiya va chorvachilik asoslari” o'quv xonalari. Yaponiya xalqoro hamkorlik bankining U ZB-P6 imtiyozli kridetli asosida qayta jihozlangan.
Bo'limning tajribali malakali o'qituvchilari 3 nafari Yaponiya mamlakatidagi kasb xunar kollejlaridan o'zmalakasini oshirib keldi..
     Bo'limning ilmiy uslubiy saloxiyati nixoyatda salmoqli bo'lib, o'qituvchilari tomonidan yaratilgan darsliklar, uslubiy qo'llanmalar, ma’ruza matinlari, uslubiy ishlanmalar nafaqat viloyatimiz, balki respublikamiz amalda foydalanib kelmoqda. Veterinariya fanlari nomzodi S.Primovning 2004 yilda Samarqand qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejida chop etilgan X. Abdurasulov, S.Primovlari mualifligida 2004 yil Samarqand qishloq xo'jalik kollejida nashir etilgan «Yaponiya qishloq xo'jalik kollejlaridagi ta’lim tizimi» uslubiy qo'lanmasi chiqarilgan

    

     Hozirgi kunda Veterinariya meditsinasi bo'limida jami 8 ta oq'ituvchi va muhandis pedagoklar faoliyat ko'rsatayotgan bo'lsa shundan 1-nafar pofessor, 1-nafari fan doktori, 2-nafari fan nomzodi dotsentlar, 4-nafari oliy toifali o'qituvchilar tahsil bermoqda.


[ Bosh sahifa ] [ Texnikum haqida ] [ Yangiliklar ] [ Rahbariyat ] [ Mutaxassisliklar] [ Abiturient sahifasi ] [ Internet resurslar ][ Kontakt ]

 
©Samarqand shahar 5-son texnikumii, 2025 | Designed by Bozorboyev Ikmatulla Karimovich