SAMARQAND SHAHAR 5-SON TEXNIKUMI
> Bugun:  
Bosh sahifa
Texnikum haqida
Yangiliklar
Rahbariyat
Mutaxassisliklar
Abiturient sahifasi
Internet resurslar
Kontakt
 
   

Texnikum haqida

   

Texnikumimiz…

     Samarqand shahar 5-son texnikum o’zining 98 yillik tarixi davomida Respublikamiz qishloq xo’jaligi uchun ko’plab o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarrni tarbiyalab chiqargan keksa o’quv maskanlaridan biridir. U 1927 yilda hozirgi Navoiy viloyatining Karmana qo’rg’onida joylashgan qoramolchilik yo’nalishidagi qishloq xo’jalik texnikumi negizida tashkil topib, 1934 yilda Samarqand shahriga ko’chirildi va F.Xo’jaev nomidagi sutchilik yo’nalishidagi chorvachilik texnikumi nomi bilan birlashtirilib, K. A. Timiryazov nomidagi zooveterinariya texnikumi nomi bilan faoliyat yurita boshlagan. 1996 yildan "Samarqand qishloq xo'jalik kasb-hunar kolleji", 2020 yildan "Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumi", O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 23-oktabrdagi PF-190-son Farmoniga asosan 2026 yildan "Samarqand shahar 5-son texnikumii" deb nom oldi.
     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 1998 yil 23 sentabrda tarixiy 406-sonli qaroridan so’ng texnikumning yangi taraqqiyot bosqichi boshlandi. 1999-2000 o’quv yilida kollej qayta ta’mirlandi. Shundan buyon barcha qulayliklarga ega bo’lgan 1200 o’rinli bosh o’quv binosi, 200 o’rinli talabalar uyi va 240 o’rinli oshxona o’quvchilar xizmatida.
     O’quv jarayonini samarali olib boorish uchun zarur bo’lgan barcha o’quv jihozlari, labaratoriyalar, auditoriyalararo aloqalar, lingafon xonalari, kompyuter sinflari, ustaxonalar, o`quv tajriba xo`jaligi o`quvchilarning mustahkam bilim olishlariga va o`zlari egallayotgan mutaxassisliklari bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishlari uchun xizmat qilmoqda.
     Texnikum ma`muriyati va o`qituvchilar jamoasining asosiy e`tibori o`quvchilarga davr talablari darajasida chuqur bilim berishga qaratilgan bo`lib, bu dolzarb vazifani bajarishda asosiy e`tibor muxandis pedagoglarning o'z ustida tinmay ishlashiga, ularning ilmiy pedagogik salohiyatini yildan-yilga oshirishga, ular orasida yosh istedodli, o'z sohasini mukammal egallagan fidoiy pedagoglarni ko'payishiga etarli shart sharoitlar yararilgan. Natijada hozirgi kunda kollejda jami 43 nafar muxandis-pedagoglar faoliyat ko`rsatayotgan bo`lsa, shundan, 1-nafar professor, 1-nafari fan doktori, 3-nafari fan nomzodi, 2-nafar dotsentlar, 13 nafari oily toifali o`qituvchilardir.
   Prezidentimizning sayi harakatlari va rahbarligida kasb-hunar kollejlari moddiy texnika bazasini yuksak texnika va texnologiyalar bilan rivojlantirish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq o`quv texnik vositalar bilan jihozlash bo`yicha misli ko`rilmagan ulkan vazifalar amalga oshirildi. Shular jumlasidan Samarqand qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejining umumta`lim va maxsus fanlari laboratoriyalari, o`quv xo`jaligi va o`quv, ishlab chiqarish ustaxonalari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi Markazi yaponiya xalqaro hamkorlik bankining UZB-P6 imtiyozli krediti asosida zamon talablari darajasida yangi texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlandi. Buni amalga oshirish uchun hukumatimiz tomonidan 1 mln 200 ming AQSH dollari miqdorda mablag` ajratildi.
     “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” asosida faoliyat ko`rsatayotgan Samarqand qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji jamoasi kelejagimiz poydevori bo'lgan yoshlarga talim-tarbiya berish va kasb-hunar sirlarini o`rgatish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to`g`risida” gi Farmoni ijrosini ta`minlay oladigan, raqobatbardosh va vujudga kelgan muammolari o`z vaqtida tadbirkorlik bilan hal eta oladigan etuk malakali mutaxassislar tayorlashdek oliyjanob, sharafli va ma`suliyatli vazifalarni sidqidildan astoyidil bajarishga intilmoqda.

Mutaxassisliklar

     Hozirgi kunda texnikumda quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha 413 nafar talaba kunduzgi bo'limda tahsil olmoqda.
Texnikumda quyidagi mutaxassislaklar bo'yicha o'rta bo'g'inli mutaxasislar tayyorlanmoqda:
     9-sinf hajmida.
1. Tikuvchi
2. Elektromobillarga tenik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash
3. Elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash
4. O‘t o‘chiruvchi
5. Kompyuter tizimlarida dasturlash
6. Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash
         11-sinf hajmida.
1. Avtomobil transportiga texnik xizmat ko'rsatish va ta`mirlash
2. Kinologiya
3. Veterinariya meditsinasi
4. Veterinariya meditsinasi (dual)
5. Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (dual)
6. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi (dual)
7. Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo'yicha, Payvandlash ishlari) (dual)
8. Avtomobil transportiga texnik xizmat ko'rsatish va ta`mirlash (dual)

Ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlik

     Hozirgi paytda texnikum oily o'quv yurtlari va mazkur soha bo'yicha etakchi ishlab chiqarish muassasalari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini toboro rivojlantirib bormoqda. Ayniqsa Samarqand Davlat Unuversiteti, Samarqand viloyat “Uzmeva sabzavot” xo'jaliklari birlashmasi, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi, Samarqand viloyati qoraqko`lchlik aksiyadorlik birlashmasi, Samarqand viloyati qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi, Samarqand viloyat elektr tarmoqlari boshqarmasi, Samarqand viloyat veterinariya boshqarmasi, "Samarqand Gidroyelektrstansiyalari kaskadi” Xishrav GES unitar korxonasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali, Samarqand viloyati kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi, Samarqand  shahar kasbiy ko‘nikmalar markazi, “Suxrob avto tex” "Shermuxammad avtota’mir"  MCHJ, Samarqand avtomobil zavodi MCHJ Q/Q, Shahrisabz tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, Kitob tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, Samarqand viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi,  "Nasil chorva import" fermer xo’jaligi, "Chorva sut servis" MChJ, Samarqand viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi, Samarqand tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi, Samarqand Magistral elektr tarmoqlari filiali, OOO VLASOV, Samarqand viloyat IIB JX JTSB, "DAKA-INTEX" MCHJ, Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi, "Samarqand Suv ta'minoti" AJ, Jomboy tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi  va boshqa bir qator shirkat xo'jaliklari, tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Bu hujjat asosida institut va universititet kafedralarining texnikumda filiallari faoliyat ko'rsatib, o'qituvchilarga uslubiy ko'mak bermoqda va texnikumimizni bitirgan iqtidorli o'quvchilar shu oliygohlarda o'qishlarini va muassasalarda amaliy faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

Madaniyat va jamiyat

     1. Texnikum jamoasi doimiy ravishda Viloyat va Respublikadagi ijodiy jamoalar bilan aloqada. Ayniqsa X.Olimjon nomidagi Samarqand shahar opera va balet teatri, Kattaqo'rg'on shahridagi O'zbek milliy drama teatri, Respublika «Turon» yoshlar teatri studiyasi bilan doimo hamkorlik qiladi.
     2. Texnikum o'quvchi-yoshlari va o'qituvchilari jamoasi uchun doimiy ravishda huquq-targ'ibot organlari xodimlari bilan, SPID markazi mutaxassislari bilan, Narkologiya markazi vakillari bilan, mehnat va urush faxriylari bilan, atrofdagi maxala faollari bilan, ota-onalar bilan, viloyat va shahar jamoa tashkilotlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

           

     3. Texnikumda faoliyat kursatayotgan jamoat tashkilotlari:
     Yoshlar ijtimoiy xarakati.
     Barkamol avlod yoshlar jamgarmasi.
     Texnikum kasaba uyushmasi.

Sport

   Viloyat miqiyosida umumiy musobaqalarning natijasiga ko'ra 17 jamoalar o'rtasida V o'rin egalladik. 2001 yil Jizzax viloyatida bo'lgan “Barkamol avlod” musobaqasida sportning yengil atletika turi bo'yicha 3 km yugirish Mardonov Akobir oltin medalni qo'lga kiritdi. 2003 yil Andijon viloyatida bo'lib o'tgan “Barkamol avlod” musobaqasida yengil atletika bo'yicha 1500-3000 metrga yugirish bo'yicha kumush va bronza medalni Mardonov Akobir qo'lga kiritdi. 2005 yil Toshkent viloyati Chirchiq shahrida bo'lib o'tgan “Barkamol avlod” musobaqalarida sportning bo`ks turi bo'yicha Veterinariya bo'lim talabasi Yergashev Jamshid faxrli III o'rinni egallab bronza medaliga sazovar bo'ldi. 2011 yil Nukus shahrida o'tkazilgan “Karete” bo'yicha O'zbekiston kubogi musoboqasida Buxgalteriya bo'limi II-bosqich o'quvchisi Oblayev Xudaynazar chempionlikni qo'lga kiritdi. 2011 yil Toshkent shahrida “Taykvondo” bo'yicha Buxgalteriya bo'limi II-bosqich o'quvchisi Obloqulova Parvina mutloq g'oliblikni qo'lga kiritdi. «Barkamol avlod-2015» viloyat bos q ichida «Yenngil atletika» musabaqasida 100 va 200 metrga yugirish bo'yicha Kinologiya 3-bosqich talabasi Mavlanov Abbos faxri 2- o'rinni egalladi. bundan 2013 yil “Qo'l to'pi” turi bo'yicha shahar bosqichida 2- o'rin, 2013 yil “Yengil atletika ” turi bo'yicha shahar bosqichida 2- o'rin, 2014 yil “Erkin kurash ” turi bo'yicha shahar bosqichida 2- o'rin, 2014 yil “Dzyudo” turi bo'yicha shahar bosqichida 3- o'rin, 2014 yil “Yunon rim kurash” turi bo'yicha shahar bosqichida 3- o'rin, 2014 yil “Shaxmat” turi bo'yicha shahar bosqichida 3-o'rin, 2014 yil “Veterianriya” yo'nalish bo'yicha “Eng yaxshi mutaxassisi” ko'rik tanlovida viloyat bosqichida faxrli o'rinni olgan, 2015 yil “Og'ir atlektika” turi bo'yicha shahar bosqichida 2- o'rin, 2015 yil “Qo'l to'pi” turi bo'yicha shahar bosqichida 2-o'rin, 2016 yil “Shaxmat” turi bo'yicha o'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan musabaqaning viloyat bosqichida 1- o'rinni egallanganlar. 2025 yil texnikum o'quvchi yoshlari texnikumlararo "Voleybol" musaqabasida faxrli I-o'rinni egalladi.

           Samarqand shahar 5-son texnikumida quyidagi sport to'garaklari faoliyat olib boradi:
1. Voleybol to`garagi
2. Basketbol to`garagi
3. Milliy kurash to`garagi
4. Stol tennisi to`garagi
5. Shaxmat to`garagi
6. Futbol to`garagi
7. Engil atletika to`garagi
8. Qo`l to`pi to`garagi
9. Shashka to`garagi

Kutubxona

      Samarqand shahar 5-son texnikumi kutubxonasida mavjud kitoblar soni-35225 dona.

Shulardan:

Badiiy adabiyotlar – 4031 dona.
Umumta’lim fanlariga oid adabiyotlar- 8149 dona.
Maxsus fanlarga oid adabiyotlar – 21975 dona.
O`qituvchilar tomonidan yaratilgan adabiyotlarning elektron variantlari- 20 dona.
Adabiyotlarning elektron variantlari- 45 ta.   

   

[ Bosh sahifa ] [ Texnikum haqida ] [ Yangiliklar ] [ Rahbariyat ] [ Mutaxassisliklar] [ Abiturient sahifasi ] [ Internet resurslar ][ Kontakt ]

 
©Samarqand shahar 5-son texnikumii, 2025 | Designed by Bozorboyev Ikmatulla Karimovich