SAMARQAND SHAHAR 5-SON TEXNIKUMI
> Bugun:  
Bosh sahifa
Texnikum haqida
Yangiliklar
Rahbariyat
Mutaxassisliklar
Abiturient sahifasi
Internet resurslar
Kontakt

Kinologiya mutaxassisligi

     “Kinologiya” – mutaxassisligi o`z faoliyatini 2004-2005 o`quv yilida “Huquqshunoslik” mutaxassisligitarkibida boshlagan bo`lib, hozirgi kunda mazkur yo`nalish bo`yicha 50 dan ortiq oquvchilar kasb sirlarini mahorat bilan egallamoqdalar.
     “Kinologiya” mutaxassisligi hozirgi kunda Respublikamiz uchun eng zarur hisoblanadi. U asosan xizmat itlarining kelib chiqishi, ilk avlodlari, shakllari va rivojlanishi, it tanasining morfologiyasi va fiziologiyasi, ularni xizmatga o`rgatish, mashq qildirish, boqish va asrash kabilarni o`rgatadi.
     Bu masalalarni samarali hal qilish uchun Samarqand shahar 5-son texnikumi bilan Samarqand viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasiga qarashli “Kinologiya” markazi o`rtasida uzviy hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo`lib, unga asoslangan holda mutaxassislar o`z mehnatlarini ayamay, yoshlarga bilim berib, ularni etuk, malakali mutaxassis etib tayorlashga harakat qilmoqdalar. Hozirgi kunda texnikumda bitta fan doktori, professor va beshta fan nomzodlari, dosentlar, ko`pgina oily toifali o`qituvchilar talabalarga amaliy va nazariy bilim bermoqdalar.
     Mutaxassislik fanlarini izchil o`rganish maqsadida alohida kasbga yo`naltirish xonasi yaratilib, turli ko`rgazmali qurollar va stendlar bilan jihozlangan.
     Talabalarning o'zlashtirish darajasini yanada takomillashtirish maqsadida kollejda “Veterinariya asoalari”, Yo'l harakati qoidalari”, “Avtomobil tuzilishi”, “Davlat va jamiyat xavfsizligi”, “Huquqni muhofaza qilish organlari”, Topografiya asoslari”, “Harbiy chegara qo`shinlarida xizmat itlaridan foydalanish” darslari yangi zamonaviy texnologiyalar asosida o`tuiladi.
     O`quv jarayonini va ilmiy uslubiy ishlanmalrning samaradorligini oshirish maqsadida bo`limga qarashli qavatda zamonaviy kompyuterlar, lazerli va matrisali printerlar, nusxa ko`cherish apparati, faks va skanerlar mavjud.
Bo`limga qarashli qavatda uchta kompyuter sinfi mavjud bo`lib, shundan Pentium 4 rusumli xonada INTERNET xalqaro tizimga ulangan.

   


     Kinologiya mutaxassisligi bo`yicha ta`lim olgan talabalarga “Kinologiya inspektori” kasbi bilan birgalikda, “Giyohvand moddalarni qidirishga o`rgatuvchi inspektor”, “Himoya-soqchi xizmatiga o`rgatuvchi inspektor”, “Portlovchi moddalar va o`q-dori qurollarini qidirishga o`rgatuvchi inspektor”, “BC” toifali haydovchi ixtisosliklari ham beriladi.

[ Bosh sahifa ] [ Texnikum haqida ] [ Yangiliklar ] [ Rahbariyat ] [ Mutaxassisliklar ] [ Abiturient sahifasi ] [ Internet resurslar ] [ Kontakt ]

 
©Samarqand shahar 5-son texnikumii, 2025 | Designed by Bozorboyev Ikmatulla Karimovich